NAZM VA NAVO YOXUD NAVOIY VA BOBUR IJODIGA EHTIROM
Unda partiya faollari, ustoz-murabbiylar, madaniyat sohasi vakillari, o‘quvchi-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muxammad Bobur va uning madaniy merosi asarlarida ulug‘langan insoniy fazilatlar, ulug‘ alloma qoldirgan merosning bugungi avlod tarbiyasidagi o‘rni beqiyosligi hamda Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda Alisher Navoiyning bebaho merosi qudratli ma’rifiy qurol ekanligi haqida so‘z yuritildi.

“Navoiy va Bobur ijodi unutilmas meros”, – deydi tadbirda so‘zga chiqqan O‘zMTDP Qashqadaryo viloyat Kengashi IQ devoni yetakchi mutaxassisi Ma’mura Qurbonova. – Ikki buyuk shaxsning barcha asarlarida insonning salbiy va ijobiy tomonlari, yaxshilik va yomonlik, saxiylik va xasislik, ma’rifat va jaholat, donishmandlik va nodonlik kabilar qiyosiy o‘rganilgan, ijobiy fazilatlar targ‘ib etilgan, salbiy illatlar esa qoralangan.

Tadbirda o‘quvchi-yoshlar Navoiy va Bobur ijodidagi g‘azal va ruboiylar, ularning so‘z sehri olamidagi durdonalardan namunalar aytishdi. Shuningdek, mumtoz she’r va qo‘shiqlar, ikki shoir hayotining sahna va badiiy ko‘rinishlari tadbirning yanada qiziqarli va ajoyib bo‘lishini ta’minladi.
“Tadbir menda juda katta taassurot qoldirdi”, – deydi Qarshi madaniyat va turizm kolleji o‘quvchisi Setora Mahmudova. ”Unda men suhandonlik qilib, Navoiy va Boburning nazm olamidagi go‘zal va betakror to‘rtliklar, ruboiylarni qiziqqonlik bilan aytishga muvaffaq bo‘ldim. Shu o‘rinda o‘quvchilarning zo‘r va ko‘tarinki chiqishlarini sharhlash jarayonida u ikki qalb egasi, ya’ni, Navoiy va Bobur bilan bir davrda yashagandek bo‘ldim desam, mubolag‘a qilmayman.
Tadbir barcha yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.