20
октябрь
2026
QASHQADARYO VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI JIZZAXDA!
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi ijodiy safar bilan Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmon ijodkorlarni Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tilaklar va iliq munosabat bilan kutib oldi.
Bunday ijodiy uchrashuvlar teatrlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘g‘irchoq san’atini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

