sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Joriy yil 8-oktabr kuni "To'rt egizak" spektakli namoyish etildi.
08
октябрь
2026

Joriy yil 8-oktabr kuni "To'rt egizak" spektakli namoyish etildi.

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan 8-oktyabr kuni Qarshi shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan jajji tomoshabinlar uchun repertuardan o‘rin olgan “To‘rt egizak” spektakli namoyish etildi.
Rang-barang qo‘g‘irchoqlar, qiziqarli voqealar va quvnoq sahna ko‘rinishlariga boy spektakl bolajonlarda katta taassurot qoldirdi. Tomosha davomida jajji tomoshabinlar qahramonlar bilan birga quvonib, voqealar rivojini katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdilar.
Mazkur spektakl orqali bolajonlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning estetik didi va badiiy tafakkurini rivojlantirish, ezgulik va do‘stlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil