14
декабрь
2022
ANDЕRSЕNNING MASHHUR ERTAGI ENDI SAHNADA
# Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri
ANDЕRSЕNNING MASHHUR ERTAGI ENDI SAHNADA
Daniyalik jahonga mashhur ertakchi Xans Kristian Andersen ertaklari barcha bolajonlar uchun birdek qiziqarldi. Uning ko‘plab ertaklari asosida bolajonlar uchun filmlar, spektakllar ham sahnalashtirilgan.
Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ham Xans Kristian Andersenning mashhur “Yovvoyi oqqushlar” ertagi asosida bolajonlar uchun yana bir sovg‘a – yangi spektakl sahnalashtirdi.
Spektaklda yovuz malikaning sehri bilan o‘n bitta oqqushga aylangan akalarini qutqarishga shaylangan Eliza duch kelgan turli qiyinchiliklar, uning qahramonliklari aks etgan. Jajji malika Eliza obrazi orqali, bolajonlarga, sabr-qanoat, matonat, mehr-oqibat, o‘z orzulariga yetishish yo‘lida mashaqqatlardan qo‘rqmaslik, mustahkam ishonch kabi asl insoniy tuyg‘ular ko‘rsatib berilgan.
Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri matbuot xizmati
Shaxnoza Qahhorzoda
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:?
https://t.me/QVQTR