sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » “Mo‘tabar zaminning ulug‘ farzandi”
18
январь
2018

“Mo‘tabar zaminning ulug‘ farzandi”

Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri tashabbusi bilan 2018 yil 17 yanvar S.Nasafiy nomidagi viloyat Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlab “Mo‘tabar zaminning ulug‘ farzandi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri xodimlari, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti professori o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning nomini abadiylashtirish, buyuk siyosatchi tashabbusi bilan yurt ravnaqi uchun amalga oshirilgan ulkan islohotlarni kelajak avlodlarga yetkazishni maqsad tutgan xotira kechasida davlat arbobining xayot va ijod yo‘li haqida so‘z yuritildi. Tadbirda Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti professori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Yulduz Ergasheva, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Katta o‘ituvchisi Saxodat Murtozovalarning ma’ro‘zalari tinglandi.

Tadbir davomida yurt otasiga aylanaolgan shaxsning xalqimiz mustaqillikka erishguniga qadar ko‘rsatgan jasorati hamda istiqlol yillarida millat qaddini va qadrini tiklash borasidagi tashabbuslari partiya xodimlari tomonidan slaydlar orqali yoritib berildi. Ayniqsa, xalqimiz mustaqillikka erishgan dastlabki og‘ir va tahlikali kunlarda elni tang ahvoldan olib chiqqan birinchi rahbarning oqilona siyosati tadbir ma’ruzachilari tomonidan alohida tilga olindi.

Похожие публикации:

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil