sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Buxoro viloyatida gastrol safarida.
16
сентябрь
2025

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Buxoro viloyatida gastrol safarida.

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25–dekabrdagi PQ–406-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 16-sentyabr kuni Buxoro viloyatiga navbatdan tashqari gastrol safarini uyushtirdi.Teatr jamoasini Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi ko‘tarinki kayfiyat bilan bayramona tarzda kutib olishdi. Teatr ijodiy jamoasi gastrol safari davomida Buxoro shahridagi xususiylashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga tashrif buyurib tomoshabinlar uchun Pancho Panchev asari asosida“To'rt egizak” spektaklini namoyish etishdi. Spektakl tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil