07
февраль
2025
O'zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri Qashqadaryo viloyatida gastrol safarida.
O'zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 25–dekabrdagi PQ–406-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 7-aprel kuni Qashqadaryo viloyatiga gastrol safarini uyushtirdi.O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatr jamoasini Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi ko‘tarinki kayfiyat bilan bayramona tarzda kutib olishdi. Teatr ijodiy jamoasi gastrol safari davomida Qarshi shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga D.Yuldasheva asari asosida“Quvnoq tomosha” spektaklini namoyish etishdi. Spektakl tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.



