sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Bizning teatr ilmiy-amaliy seminar va teatrning 26-mavsum ochilishi
27
октябрь
2020

Bizning teatr ilmiy-amaliy seminar va teatrning 26-mavsum ochilishi

Mazkur yilning 27-oktyabr kuni 26-mavsum ochilishi munosabati bilan “Tafakkur sohibi-Zahiriddin Muhammad Bobur” spektakli namoyish etildi. Insenirovka muallifi Karomat Dilmonov. Sahnalashtiruvchi rejissyor G’ayrat Hamroev. Spektakl tomoshasiga Qarshi shahar 14-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari tashrif buyurdi va “ZOOM” internet tarmog’i orqali teatr ixlosmandlari va soha mutaxassislariga namoyish etildi.
Teatrning 26-mavsum ochilishidan so’ng “Bizning teatr” ilmiy-amaliy seminar anjumani bo’lib o’tdi. “Qashqadaryo viloyati qog’irchoq teatrining o’tmishi buguni va kelajagi ” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda teatrning dramaturgiyasi, rejissurasi va ustoz shogird an’analariga alohida to’xtalib o’tildi. Tetrning sahnalashtiruvchi rejissyori Xolmurod Sattorov va teatrning bosh rassomi Mirzohid Mamatov seminar qatnashchilariga ma’lumot berdilar. Tadbirda mehmon sifatida tashrif buyurgan “Respublika qo’g’irchoq teatri” direktori Hotam Oxunov ham teatr xususida va Respublikadagi barcha qo’g’irchoq teatrlari haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi. Shu o’rinda Qashqadaryo viloyati qo’g’irchoq teatrining mana shu ikki uch yil ichida o’zining ajoyib spektakllari bilan boshqa qo’g’irchoq teatrlariga namuna bo’lishi barcha rahbarlarga quvonch bag’ishlashini ta’kidlab o’tdi.
“Zoom” programmasi orqali O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Sh.Yusupov ham “Qashqadaryo viloyati qo’g’irchoq teatrining o’tmishi, buguni, kelajagi” mavzusidagi seminarda teatr haqida o’z fikr va mulohazalarini berib o’tdi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qo’g’irchoq teatrini “Qo’g’irchoq teatrlarning XII-an’anaviy ko’rik festivali”da II-o’rinni egallagani bilan tabriklab Respublika miqyosida Qashqadaryo viloyati Qo’g’irchoq teatrining o’z o’rniga ega ekanligini ta’kidladi.
Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Fathulla Xodjayev ham Qashqadaryo viloyati qo’g’irchoq teatri haqida iliq fikrlar bildirib o’tdi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil