sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » "Qichqir Xo'roz"
22
апрель
2021

"Qichqir Xo'roz"

Viloyat qo'g'irchoq teatrida “Qichqir, Xo'roz” ertak spektakli sahnalashtirildi.
Ta'kidlash joizki, xalqimizda ayrim hayvonlarning ayyorligi, mug'ombirligi, ayrimlarining esa sodda va mehnatkashligi, hallolligi bilan bog'liq ko'plab maqollar, ertak va rivoyatlar, masallar mavjud.
Ota-bobolarimiz ayrim hayvonlar timsolida farzandlarni mehnatkash, zehnli, o'zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, shirin so'zli va xushmuomala qilib voyaga yetkazishga harakat qilishgan.
“Qichqir, Xo'roz” ertak spektaklida ham ana shu jihatlar o'z ifodasini topadi.
Spektaklda bo'ri, tulki, it, o'loqcha va xo'roz o'rtasida bo'lgan voqealar yumorga boy tarzda hikoya qilinadi. Bolajonlarga hayvonlar timsolida mug'ombirlik va ayyorlikning qanday oqibatlarga sabab bo'lishi, do'stlik, hamjihatlik har qanday kuchdan ustun kelishi ko'rsatib berilgan.
Rejissyor Xolmurod Sattorov tomonidan sahnalashtirilgan ertak-tomosha viloyat qo'g'irchoq teatri hamda ta'lim va tarbiya muassasalarida namoyish etilmoqda.
Shahnoza Qahhorzoda

Похожие публикации:

22 апрель 2021 "Do'mbiralar sadosi"
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
© 2019-yil