22
сентябрь
2024
Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri Germaniya Respublikasi sahnasida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli "O'zbekiston 2030 strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatladh yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni va Vazirlar Mahkamsining 2019-yil 18-aprel sanasidagi 329-sonli "Davlat teatrlari va konsert- tomoshalar muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida davlat teatrlari uchun xorijiy gastrol safariga chiqish ko'rsatkichlari belgilangan. Yuqoridagilarni inobatga olib joriy yilning 19-23 sentyabr kunlari Germaniya Respublikasi Berlin shaxrida bo'lib o'tadigan "Bolalar teatri iqlim kunlari" bolalar teatr festivaliga Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri Ali Do'g'an asari asosida Nurxan Uslu tomonidan sahnalashtirilgan "Salom mening soyam" spektakli bilan tashrif buyurishib, festivalning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi va festivalda spektakl namoyish etishdi.









