QO'G'IRCHOQ TEATRI GASTROL' SAFARIDA
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2018-yilning 23-noyabridan 29-noyabriga qadar Qoraqalpog‘iston respublikasida bo‘lishi rejalashtirilgan gastrol safari amalga oshirildi. Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrning 5 nafar aktyorlari va tashkilotchi rahbarlar boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘g‘irchoq teatri va xalq ta’limi boshqarmalariga qarashli umumta’lim maktablarida spektakllar namoyish etishdi.



23-24 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘g‘irchoq teatrida kunning ikki mahali, ya’ni soat 11:00 da va soat 13:00 da Muhammad Ochil tomonidan yozilgan va Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnalashtiruvchi rejissori T.Xudoybediyev tomonidan sahnalashtirilgan “Maqtanchoq quyon” pyesasi namoyish etildi. Maqtanchoq quyonning maqtanchoqligi sabab boshidan o‘tkazgan sarguzashtlari kulgili va bolalarga xos tarbiyali sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdilar.


25-noyabr’ kuni ham bolalarga ezgulik ulashishni maqsad qilgan Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida joylashgan 12, 36, 41, 44-maktab muassasalarida bo‘ldilar va “Maqtanchoq quyon” spektakli bilan barcha yosh tomoshabinlarni hursand qildilar. U yerdan qaytib ham tinib-tinchimagan Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi soat 16:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida joylashgan mehribonlik uyida “Maqtanchoq quyon” spektaklini hayriya tarzida namoyish etdilar.


28-noyabr’ kuni yana Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri navbatdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxitash tumanida joylashgan 2, 3-umumta’lim maktablarida ham namoyishi tayyorlangan “Maqtanchoq quyon” spektakli bilan barcha bolalarga manzur bo‘lishdi.
29-noyabr’ Qoraqalpog‘iston Respublikasiga mo‘ljallangan gastrol safarining oxirgi kuni ham Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri Nukus tumanida joylashgan 3, 9, 30, 31-maktablarda kunning ikki mahali 11:00 va 13:00 da “Maqtanchoq quyon” spektakli bilan bolalarga bir olam quvonch ulashib qaytdilar.


Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy hamda do‘stona aloqalari yanada mustahkam bo‘lishini istagan holda hayrlashdilar. Va ikki tomon ham gastrol safaridan ko‘zlangan maqsadga yetganliklarini aytib o‘tdilar.

