sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri Farg'ona viloyatida tantanali kutib olindi
01
май
2025

Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri Farg'ona viloyatida tantanali kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaror ijrosini ta'minlash hamda viloyatlararo teatr san'ati sohasida ijodiy hamkorliklarni rivojlantirish maqsadida Farg'ona viloyati bo‘ylab Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri ijodiy jamoasi gastrol safarida bo‘ldi.
1-may kuni Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatrining ijodiy jamoasi Farg'ona viloyati qo'g'irchoq teatrida tantanali ravishda kutib olindi.
Teatr ijodkorlari tomonidan Karomat Dilmonovning qalamiga masub "Tulporning jasorati" spektakli Marg'ilon shahar 1-2 maktabgacha ta'lim muassasasi uchun namoyish etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat, ma'naviy-madaniy hordiq ulashildi.
Teatr jamoasi bilan kelgusida ijodiy hamkorlik mustahkamlanib borishini ham ta'kidlab, ulkan muvaffaqiyatlar tilab, "Tashakkurnoma"lar hamda esdalik sovg‘a-salomlari ulashildi.


Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil