12
июнь
2025
Festival ishtiroki
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi 4038-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadatyo viloyat qo'g'irchoq tеatri jamoasi Qarag'anda akademik musiqali komediya teatrining 2025-yil 29-apreldagi 150/1-9 son taklif xatiga asosan 10-iyundan 15-iyun sanasiga qadar Qozog'iston Respublikasining Qarag'anda shahrida o'tkazilayotgan "Kuklyandiya" qo'g'irchoq teatrlarining 7-ochiq festivalida Grigoriy Oster asari asosida rejissor Samat Altay tomonidan sahnalashtirilgan "Kotenok Gav" spektakli bilan ishtirok etishdi.


