24
декабрь
2025
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Yangi yil shukuhi
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida Yangi yil shukuhi davom etmoqda. 24-dekabr kuni tadbirga Qarshi Shahar Bolalar musiqa va san’at maktabidan tashrif buyurgan raqs va xonandalik to‘garagi a’zolari ishtirok etdi. Bolalarning jonli chiqishlari va quvnoq qo‘shiqlari tomoshabinlarda iliq his-tuyg‘ular uyg‘otdi. Tadbir sahnadagi ijodiy chiqishlar va bayramona kayfiyat bilan esda qolarli bo‘ldi.

