09
октябрь
2025
Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi “Tamg‘ali” bolalar va yoshlar teatri ijodiy jamoasi 6–9-oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida gastrol safarda bo'lishdi
Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi “Tamg‘ali” bolalar va yoshlar teatri ijodiy jamoasi 6–9-oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, o‘zining mohirona ijrosi, sahna madaniyati va samimiy chiqishlari bilan tomoshabinlar qalbidan joy oldi.
Gastrol safari davomida teatr jamoasi bolalar va yoshlarga mo‘ljallangan, ezgulik, do‘stlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib etuvchi rang-barang spektakllarni namoyish etdi. Har bir chiqish nafaqat zavq, balki chuqur ma’naviy ozuqa ham ulashdi.
Mazkur gastrol safar san’at va madaniyat sohasidagi ijodiy aloqalarni mustahkamlash, Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy yaqinlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. “Tamg‘ali” teatrining sahnadagi har bir chiqishi madaniyatlararo muloqot, do‘stlik va ezgulik ramziga aylandi.



