30
сентябрь
2025
Teatrimizda “Ustozga ehtirom” nomli shou dasturi bo'lib o'tdi.
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025-yil 29-sentyabr kuni soat 18:00 da “Ustozga ehtirom” nomli shou dasturini tomoshabinlarga taqdim etdi.
Mazkur tadbir ustozlarga bo‘lgan minnatdorlik, hurmat va ehtirom ramzi sifatida tashkil etilib, unda san’at ixlosmandlari, yosh ijodkorlar va teatr jamoasi ishtirok etdi.
Dastur davomida:
turli sahna ko‘rinishlari, teatrlashtirilgan chiqishlar va badiiy kompozitsiyalar namoyish etildi;
qo‘shiqlar, raqslar va musiqiy sahnalar orqali ustozlarga bo‘lgan mehr va ehtirom ifodalandi;
Yosh iste’dod egalari hamda tajribali ustoz san’atkorlar bir sahnada ijro qilib, mahoratini tomoshabinlarga namoyish etdi.
Tadbirning bosh maqsadi – ustozlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlarini ulug‘lash va ularga bo‘lgan hurmat-ehtiromni keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
Shou dastur ishtirokchilari va mehmonlari san’atning jozibali olamidan bahramand bo‘lib, ustozlar sha’niga aytilgan samimiy so‘zlar va badiiy chiqishlardan ruhiy zavq oldilar.



