Diqqat, diqqat!Hurmatli yurtdoshlar! Sizda Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatri direktoriga sohaga oid murojaatingiz bormi? Unda, siz uchun ajoyib imkoniyat. Endi uyingizdan chiqmagan holda onlayn muloqot orqali o'z murojaatingizga yechim olishingiz mumkin. Uning uchun siz joriy yilning 30-mart kuni soat 16:00 da Qashqadaryo viloyat qo'g'irchoq teatri direktorining navbatdagi onlayn qabulida ishtirok eting. Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar ushbu t.me/Qugirchoq_teatr havola orqali telegram kanalda tashkil etiladigan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim. Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatrining onlayn qabuli davomida faqatgina sohaga oid murojaatlar qabul qilinadi. Onlayn qabulda faol ishtirok eting!