sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Qashqadaryoda “Bizning teatr”mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
19
àâãóñò
2019

Qashqadaryoda “Bizning teatr”mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

  • Qashqadaryoda “Bizning teatr”mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar

    bo‘lib o‘tdi.


    Joriy yilning 9 avgust kuni soat 10 00da Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri hamda Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrlarida 2018-2022 yillarda davlat teatrlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora- tadbirlar rejasining 13-bandiga muvofiq   “BIZNING  TEATR”  mavzusidagi ilmiy - amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.  Ushbu seminarni Qashqadaryo viloyat  Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i S.S.Sayimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.  U kishi o‘z so‘zlarida Teatrlarga davlat siyosati darajasida ko‘rsatilayotgan e’tibor, teatr san’atini rivojlantirish va ular faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan meyoriy xujjatlar va ularning amaldagi ijrosi xususida batavsil aytib o‘tdilar. Teatr direktori O‘tkir Mahmatqulov  “Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrning  Respublika va xalqaro festivallardagi ishtiroki masalalari” hamda Qashqadaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatri direktori Elbek Eshmurodov “Qo‘g‘irchoq teatrlari va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar masalalari”da atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.  Shundan so‘ng, xalqchil va erkin muloqot tarzida tashkil etilgan seminarda filologiya fanlari doktori, professor Nafas Shodmonov  “Teatrda dramaturgiya masalalari”,  O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Isoq To‘rayev “Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri: Yutuq va muammolar”, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Bahriddin Rahmonov – oliy toifali vokal artisti. Mavzu: “Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida ustoz-shogird an’analari”,  teatr adabiy badiiy bo‘lim boshlig‘i  SH.Xudoynazrova “O‘zbek teatrlarida repertuar masalalari” , Qo‘g‘irchoq teatri aktyori Karomat Dilmonov “Qo‘g‘irchoq teatri va bolalar dramaturgiyasi”, qo‘g‘irchoq teatri   artisti Dilfuza A’zamova  “ Qo‘g‘irchoq teatrlarida yosh ijodkorlar o‘rni va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar” haqida o‘z fikr va mulohazalarini bayon etishdi. Har bir ma’ruza davomida sahnadagi katta manitor orqali radist Eshniyoz Xolmonov tomonidan mavzuga mos foto va vediolavhalar aks ettirib borildi.  

    “Bizning teatr”mavzusidagi ushbu seminarda har ikkala teatrning tarixi, ustozlar xotirasi, ular yaratgan boy teatr an’analari, teatrlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, undagi yoshlarning o‘rni, turli xalqaro va Respublika miqyosidagi festivallar va ularda erishilayotgan yutuqlar atroflicha tahlil etildi.  

    Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri hamda viloyat Qo‘g‘irchoq teatrlarida “Bizning teatr” mavzusida ilmiy ishlarga arzirlik ijod ketayotganligini faxr bilan aytish o‘rinli. Bu o‘rinda shunday seminarlarni tashkil etayoganliklari uchun  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Ïîõîæèå ïóáëèêàöèè:

09 ôåâðàëü 2019 NAVOIY IJODIGA EHTIROM
20 ñåíòÿáðü 2018 Mavsum boshlandi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
© 2019-yil