sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » “LISON UT-TAYR”DAGI VOQEALAR SAHNAGA KO‘CHDI
28
декабрь
2019

“LISON UT-TAYR”DAGI VOQEALAR SAHNAGA KO‘CHDI

 Asar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shamurat Yusupov tomonidan sahnalashtirilgan.

Premyera

 Viloyat qo‘g‘irchoq teatrida Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asari asosida Hayitmat Rasul tomonidan yozilgan “Qush tili” insenirovkasining premyerasi bo‘lib o‘tdi.









 Ma’lumki, Alisher Navoiy o‘zining “Lison ut-tayr” dostonida qushlar timsolida tasavvuf yo‘liga kirgan va Allohni ko‘rishga, haqqa yetishishga astoydil kirishgan xudojo‘y insonlarni tasvirlashga intilgan. Qushlarning rang-barang timsollari orqali Alisher Navoiy o‘zining tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liq g‘oyalarini, Allohning hamma narsaning tashqarisida emas, balki ichida, o‘zida ekanini ko‘rsatish va isbotlashga harakat qiladi.

Rejissor insenirovkani sahnalashtirish jarayonida ham qo‘g‘irchoq teatrning planshet uslubidan foydalanib, asardagi voqea-hodisalarni mazmundan chekinmagan holda 3 pardada namoyon etadi. Birinchi pardada qushlar o‘zaro kelishmay qolsa, ikkinchi pardadagi voqealar orqali o‘zlarini topishga harakat qiladi va bunda o‘z vujudlaridagi yomon illatlarga ro‘baro‘ keladi. So‘nggi, ya’ni 3-pardada esa ular o‘zliklarini aynan o‘z jismlaridan topadi. YA’ni, Navoiy aytganidek, neki istasa o‘z qalblarida mo‘jassam ekanining shohidi bo‘ladi.

Insenirovkani tomosha qilish jarayonida bu hislatlar tomoshabinga ham ko‘chadi. Qalblarida oniy vaqtlarda joylashib olgan “Kasofat” deb nomlanuvchi salbiy qush obrazi, o‘zlaridagi salbiy illat bilan kurashadi. Sabr qanoat va ezgu fikr natijasida bu iblis illat ustidan g‘alaba qozonadilar.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil