sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » "SHUM BOLA" ENDI BOLAJONLAR UCHUN
05
ноябрь
2019

"SHUM BOLA" ENDI BOLAJONLAR UCHUN

 Viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan "Shum bola" spektakli badiiy kengash e’tiboriga havola etildi.
 Turdimurod Xudoyberdiyev rejissorligida sahnalashtirilgan hamda Maryam Ashurova tomonidan isnsenirovka qilingan asar ekspertlar tomonidan yuqori baholandi va keng omma e’tiboriga namoyish etilishiga ruxsat berildi.Bilamizki, G‘afur G‘ulomning "Shum bola" qissasi adib ijodining durdonalaridan biri sanaladi. Asardagi ichakuzdi syujetlar zamirida davrning jiddiy muammolari, og‘riqli nuqtalari tilga olingan. Yozuvchi o‘zi yashagan davr qiyofasini, mahallalardagi hayot tarzi, ish va ishsizlik, qashshoqlar va boylar hayotini maroq bilan tasvirlaydi.
 Yurtdoshlarimizga "Shum bola"dagi voqealar nafaqat kitob varianti, balki u asosida ishlangan badiiy film orqali yaxshi tanish. Endilikda esa shum bolaning sarguzashtlari spektaklga ham ko‘chdi.
 Bolajonlar uchun mo‘ljallangan spektaklda Qoravoyning sarguzashtlari sodda va tushunarli tarzda, yanada qiziqarli ko‘rinishda hikoya qilingan. 
Spektakl yaqin kunlarda viloyat qo‘g‘irchoq   teatri hamda ta’lim va tarbiya muassasalarida namoyish etila boshlanadi.

Похожие публикации:

06 ноябрь 2018 YANGI SPEKTAKL ANNOTASIYASI
20 сентябрь 2018 Mavsum boshlandi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil