sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » YANGI SPEKTAKL NAMOYISHI - "FANTNING SARGUZASHTI"
22
январь
2019

YANGI SPEKTAKL NAMOYISHI - "FANTNING SARGUZASHTI"

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2018-yil repertuarining 4-choragida qo‘yilishi rejalashtirilgan A.L.Siblov – Araratyan asari, Yoqubjon Ahmadjonov tarjimasi “Fantning sarguzashti” musiqali ertak tomoshasining prem'yerasi namoyishini 2019 yilning 25-yanvarda qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Saxnalashtiruvchi rejissiyor: X.Sattorov, rejissor asissenti X.Hakimov.

Fantni sarguzashti annotatsiyasi

Serikov qalamiga mansub “Fantning sarguzashti” asari asosan do‘stga sadoqat, ,do‘st boshiga tashvish tushganda o‘z vaqtida yordam berish, yakinlarga mehr oqibatli bo‘lish kerakligi xaqida fikirlashga undaydi. Shuningdek asarda odamlar va jonivorlar xayoti bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Asar qahramoni Fant laqabli it odamlarni ham, do‘stlarini ham juda yaxshi ko‘radi. Ular bilan borini baham ko‘radi. Shuning bilan birga, ularni g‘am-tashvishlariga sherik bo‘lgisi kelganligi bois atrofdagilar nazarida go'yoki ularni tashvishga qo'yayotgandek tuyuladi . Shu boisdan bolaning buvisi uni yomon ko'radi. Hatto shu hovlida birga yashayotgan mushugi ham uni doim kamsitib kaltaklanishiga sababchi bo‘ladi. Tamosha davomida Fant kamsitilib, kaltaklanib uni boshqa birovga berib yubormoochi bo‘lganda xovlidan chiqib ketmokchi ham bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, shamol sabab chaqmoq chaqib uyda yong'in sodir bo'lganda Fant alanga ichida qolgan do‘stini qutqarib qahramonlik ko‘rsatadi. Shundagina uning ko‘ngli toza it ekanligi ma'lum bo'ladi.

Biz ushbu tamoshani ko‘rgan bolajonlar qalbida Fantdek sodio do‘sti bo‘lishini xohlab qolishiga ishonamiz.


Ishtirokchilar:

Bola - M.To‘yliyev, A.G‘ulomov

Kampir - E.Xurramova, M.Sirojova

Fant - D.Allamurodov, N.Jurayev

Sirkon - X.Lutfiyev, G.Rasulova

Paramon - SH.Qarshiyev, B.Meylimurodov

Mushuk - O.Xo‘janova, G.Rasulova

Juju - D.Tog‘ayeva, L.Primova

Похожие публикации:

19 январь 2019 Yangi yil shukuhi
20 сентябрь 2018 Mavsum boshlandi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil