07
июль
2020
YAXSHI FAZILATING-ZEBU ZIYNATING
Qashqadaryo viloyati qo’g’irchoq teatrining 2020 yil repertuar rejasiga kiritilgan “Yaxshi fazilating-zebu ziynating” spektakli taqdimoti joriy yilning 7-iyul kuni bo’lib o’tdi. Asar muallifi Maryam Ashurova. Asarni sahnalashtiruvchi rejissyor O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi Maryam Ashurova. Spektaklni sahnalashtiruvchi rassom Mirzohid Mamatov.
“Yaxshi fazilating-zebu ziynating” spektakli tarbiyaviy xususiyatlarga boy bo’lib, bolalarni xusni-xulq sohib-va sohibalari bo’lishga chorlaydi. Spektakl davomida insondagi go’zal tarbiya, mehnatkashlik, do’stlikning, tug’ilib o’sgan yerning qadriga yetish kabi fazilatlar yaxshi fazilat ekanligi ko’rsatiladi.