sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » YANGI SPEKTAKL ANNOTASIYASI
06
ноябрь
2018

YANGI SPEKTAKL ANNOTASIYASI

Dramaturg Karomat Dilmonov qalamiga mansub “Noshukur quyoncha” pyesasining asosiy mazmuni quyonchaning hayot tarzidagi noshukurliklari ko‘rsatilgan. Asar rejissori Xudoyberdiyev Turdimurodov esa spektaklining asosiy mavzusini boriga qanoat qilmagan quyonchaning noshukurliklari va uning yomon oqibatlarini ochib berishga harakat qilgan. Ya’ni, quyoncha o‘rmonda hammadan tez yugurishiga ham suyunmasdan yanada barchani ortda qoldirmoqchi bo‘ladi. Shu sababli, u ilojsiz hisoblangan uchish, ya’ni, osmonda parvoz etish haqida o‘ylab qoladi. Bu orzusini amalga oshirmoq uchun esa yolg‘onchi va birovlarning mehnatini suiste’mol qiladigan Qarg‘aning gaplariga uchadi. Asar oxirida uchish orzusi shunchaki bir tush ekanligini anglab yetgan va qarg‘a tomonidan aldanib ko‘p qiyinchiliklarga uchragan quyoncha o‘z beboshligidan afsuslanib ota-onasi bag‘riga qaytib keladi.


2018 yil repertuar rejasiga kiritilgan Karomat Dilmonov asari “Noshukur quyoncha” ertak tomoshasi 2018 yil 6 noyabr kuni jajji bolajonlarimiz e’tiboriga havola qilindi.


Ushbu tomoshamizni bolalariningizga sovg‘a qiling chunki bolalar bizning kelajagimiz.

Похожие публикации:

20 сентябрь 2018 Mavsum boshlandi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil