05
сентябрь
2025
Teatrimizda "31-mavsum ochilishi" tadbiri bo'lib o'tdi
Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatrida 5-sentyabr kuni soat 11:00 da “31-mavsum ochilishi” tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir boshida bolajonlarni ertak qahramonlari hamda kuy-qo-'shiqlari sadosida kutib olishdi. So‘ng ular bolajonlarni teatr tomosha zaliga taklif etdilar. Tomosha zalida ularning e’tiboriga dramaturg Nguyen Din Txi qalamiga mansub O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Shomurot Yusupov rejissorligida sahnalashtirilgan “Mushukcha miyu” spektakli namoyish etildi.
Spektakl bolajonlarga quvonch, do'stlik va uni himoya qilish, ezgu tushunchalarni qiziqarli epizodlar orqali yetkazib berdi. Bolajonlar ushbu spektakldan katta taassurotlar olishdi.