sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Serkan Firtina asari asosida "Kedi ili Fare" spektaklini sahnalashtirish jarayoni.
17
февраль
2026

Serkan Firtina asari asosida "Kedi ili Fare" spektaklini sahnalashtirish jarayoni.

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2026-yil I-chorak repertuar rejasi asosida turk dramaturgi Serkan Firtina asari asosida "Kedi ili Fare" mushuk va sichqon spektaklining sahnalashtirish jarayonlari boshlandi. Mazkur spektaklni Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan rejissor Nurxan Uslu sahnaga qo‘ymoqda.
Hozirgi kunda teatr ijodiy jamoasi bilan birgalikda asarning sahna talqini, obrazlar xarakteri va badiiy yechimlari ustida izchil ish olib borilmoqda. Xalqaro hamkorlik doirasidagi ushbu loyiha repertuarni boyitish va ijodiy tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, teatrda tashkil etilgan sumalak bazmi mehmon rejissorda katta taassurot uyg‘otdi. Milliy an’analarimiz, samimiy muhit va jamoaning mehmondo‘stligi alohida e’tirof etildi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil