sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri faxrli 2-o‘rinni egalladi.
30
март
2026

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri faxrli 2-o‘rinni egalladi.

27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbir san’at ixlosmandlari qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Ushbu nufuzli kechada mamlakatimiz teatrlarining Milliy reyting natijalari e’lon qilinib, jamoalarning bir yillik mehnati munosib baholandi.
Natijalar hayajon bilan kutildi va nihoyat quvonchli xabar yangradi: Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri faxrli 2-o‘rinni egalladi. Bu yutuq jamoaning sahnaga bo‘lgan sadoqati, tinimsiz ijodiy izlanishlari hamda bolalar qalbiga ezgulik, mehr va ertakona sehr ulashib kelayotgan faoliyatining yorqin samarasidir.
Mazkur muvaffaqiyat munosabati bilan teatr jamoasida tantanali yig‘ilish o‘tkazilib, unda xodimlar samimiy tabriklandi. Jamoa a’zolarining mehnati alohida e’tirof etilib, ular pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu e’tibor ijodkorlarga yangi yutuqlar sari ilhom va kuch bag‘ishladi.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil