19
апрель
2026
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Xorazm viloyatida gastrol safarida.
19–21-aprel kunlari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga gastrol safari bilan tashrif buyurdi va tantanali tarzda kutib olindi. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 406-son qarori ijrosini ta’minlash hamda hududlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.
Gastrol safari davomida ijodkorlar Xiva shahridagi 12-son maktabgacha ta’lim muassasida o‘zlarining “Quyon endi qo‘rqmaydi” nomli spektaklini namoyish etdilar. Quvonch va mehrga boy ushbu tomosha kichik tomoshabinlarda yorqin taassurot qoldirdi.
Uchrashuv har ikki teatr jamoasi uchun yangi ilhom manbai bo‘lib, ijodiy hamkorlikning yangi bosqichiga zamin yaratdi.




