sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qashqadaryo viloyatiga unutilmas gastrol safarini amalga oshirdi.
04
май
2026

Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qashqadaryo viloyatiga unutilmas gastrol safarini amalga oshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ayni paytda hududlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Qashqadaryo viloyatiga unutilmas gastrol safarini amalga oshirdi. Ushbu safar nafaqat san’at bayramiga, balki do‘stlik va hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylandi.
Gastrol dasturi doirasida jamoa Nishon tumanidagi maktab va ta’lim muassasalarida kichkintoy tomoshabinlar uchun “Quvnoq tomosha” nomli teatrlashtirilgan spektaklni namoyish etdi. Rang-barang sahna ko‘rinishlari, quvnoq qahramonlar va dilbar kuy-qo‘shiqlar bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Har bir sahna orqali mehr-oqibat, do‘stlik va ezgulik g‘oyalari tarannum etilib, yosh qalblarga quvonch ulashildi.
Tomosha davomida bolalarning samimiy kulgisi, chehralaridagi quvonch va hayrat san’atkorlarga ilhom bag‘ishladi. Ushbu uchrashuv esa nafaqat madaniy hordiq, balki hududlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yanada mustahkamlandi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil