TEATRDA –YANGI MAVSUM
2019 yil 5-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining 25-mavsum ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mavsum ochilishida Viloyat qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan «Tafakkur sohibi - Zahriddin Muhammad Bobur»spektakli namoyish etildi.
G‘ayrat Hamrayev rejissorligida sahnalashtirilgan mazkur spektakldan ko‘zlangan maqsad, avvalo, yosh avlodni ulug‘ Shox va Shoir Bobur hayoti, ijodi bilan tanishishga yordam beradi. Boburning qo‘lida tutgan yarog‘i bu avvalo - tafakkur edi. Intiluvchan va ulashuvchanligi bilan edi. Muomalasi - madaniyat, maqoli - she’riyat, shiori – adolat edi. Bu noyob qobiliyatlar-u oliy hislatlar, uning bolaligidanoq shakllangan. Ul zotni o‘rganmoq va bilmoq esa, ibratdir. Voqiylik Andijon va Hindiston o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. YA’ni, Boburshohning xayoliy xotiralari orqali bolaligi ko‘rsatib beriladi. Ushbu spektaklni ko‘rgan yosh tomoshabinlar, hikmatli jihatlarini ko‘radilar, his qiladilar, ibrat olib, ma’rifatga intilishadi.
Yangi 25–mavsumni boshlagan teatr jamoasi mavsum davomida o‘z muxlislariga eng sara spektakllarni namoyish etishni rejalashtirgan.
Tomosha so‘ngida mazkur spektakl sahnalashtiruvchi rejissori G‘ayrat Hamrayev, direktor o‘rinbosari Ikrom Saidolimov, Aktyor Karomat Dilmonovhamda rassom Mirzohid Mamatovlar viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Salim Sayimov tomonidan tashakkurnoma hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.