sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » BOBUR HAYOTI - QO‘G‘IRCHOQ TEATRI IJODKORLARI TALQINIDA
02
август
2019

BOBUR HAYOTI - QO‘G‘IRCHOQ TEATRI IJODKORLARI TALQINIDA

Kuni kecha viloyat musiqali drama teatrida ushbu sahna asari namoyishi bo‘lib o‘tdi.


- Tarix - oyna, unga qaragan kishi o‘zini, tomirlarida oqayotgan qonni, ajdodlari qudratini ko‘radi va ularga munosib bo‘lish mas’uliyatini his qiladi, - deydi sahnalashtiruvchi rejissor G‘ayrat Hamroyev. - Bobur hayoti sarguzashtlarga boyligi bilan hamisha meni o‘ziga tortardi. Uzoq yillar davomida uning hayot yo‘lini o‘rgandim, ibratli voqealarni to‘plab yurdim. Qarshi davlat universitetining boburshunos olimlari bilan maslahatlashib, spektaklni tayyorladik.


Asarda voqealar rivoji Hindiston, Andijon va Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Yurt ishqi, Vatan sog‘inchi qiynayotgan shoh Bobur Hind diyorida dilini xufton qilgan har qanday voqea-hodisaga  aql-idrok, bosiqlik bilan yondashadi. Musofirchilikdagi azoblariga ona Vatanda kechgan iliq xotiralari bilan malham qo‘yadi. Sahna bezaklari ham voqealar rivojiga qarab, hind yoki o‘zbek qadriyatlariga mutanosib tarzda o‘zgarib boraveradi. Qo‘g‘irchoqlarning liboslari, kuy-qo‘shiqlar mohirlik bilan tanlanganki, bu bilan yosh tomoshabin voqealarni to‘laroq anglaydi.


- Bobur bolaligida ham juda aqlli bo‘lgan ekan, - deydi o‘n yoshli Ziyoda Ibrohimova. - Uning ustozi bilan suhbati jarayoni menga yoqdi.

Spektakl yangi o‘quv yili boshlanishi bilan viloyatimizdagi maktablarda namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.  



Похожие публикации:

09 февраль 2019 NAVOIY IJODIGA EHTIROM
20 сентябрь 2018 Mavsum boshlandi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil