sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » “Oltin kuz” – Iqtidorlar va ilhomlar fasli!
31
октябрь
2025

“Oltin kuz” – Iqtidorlar va ilhomlar fasli!

O‘zbekiston Milliy qo‘g‘irchoq teatri sahnasida “Oltin kuz” Iqtidorli yoshlar forumi doirasidagi “Qo‘g‘irchoq spektakllar” Respublika tanlovining ochilish marosimi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ezgu san’at bayramida Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ham ishtirok etdi. Ular sahna jilosi, quvonch va ilhom bilan yo‘g‘rilgan ushbu tadbirda teatr san’ati ixlosmandlari bilan bir safda bo‘lib, respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan ijodkorlar bilan fikr almashish, tajriba o‘rtoqlashish va yangi ilhom manbalarini topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Oltin kuz” forumi — bu nafaqat iqtidorlar musobaqasi, balki san’at ahli uchun yuraklarni birlashtiruvchi, ijodiy hamjihatlikni mustahkamlovchi bayramdir.
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasining ushbu tadbirda ishtiroki — ularning yurtimiz madaniy hayotidagi faol ishtirokini, san’atga bo‘lgan sadoqat va mehrini yana bir bor namoyon etdi.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil