sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » “Oltin kuz” — iqtidorlar fasli!
05
ноябрь
2025

“Oltin kuz” — iqtidorlar fasli!

Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Oltin kuz” Iqtidorli yoshlar forumi doirasidagi taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi san’atsevar yuraklarni yana bir bor quvontirdi. Ular iste’dodli rejissyor Muhriddin To‘yliyev sahnalashtirgan “To‘rt egizak” spektakli bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin oldi.
Mehnat va mahorat uyg‘unligida yaralgan ushbu sahna asari yosh avlodni ezgulik, do‘stlik va birlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Ana shunday yuksak ijodiy izlanishlar uchun teatr jamoasi tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu yutuq — san’at fidoyilarining mehnati, sahna sehriga bo‘lgan cheksiz muhabbatining e’tirofidir.
“Oltin kuz” esa yana bir bor isbotladi: iqtidor – bu yurakda yashovchi nur, san’at esa uni porlatadigan quyoshdir.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil