sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » “Kedi ila Fare” (“Mushuk va Sichqon”) spektakli ustida ijodiy jarayonlar qizg‘in davom etmoqda.
18
февраль
2026

“Kedi ila Fare” (“Mushuk va Sichqon”) spektakli ustida ijodiy jarayonlar qizg‘in davom etmoqda.

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining 1-chorak repertuar rejasiga kiritilgan, turk dramaturgi Serkan Firtina asari asosida sahnalashtirilayotgan “Kedi ila Fare” (“Mushuk va Sichqon”) spektakli ustida ijodiy jarayonlar qizg‘in davom etmoqda.
Spektaklning sahna bezagi va qahramonlar qiyofasini yaratish ishlari teatr rassomi Mirzohid Mamatov hamda butafor ishchilari boshchiligida boshlab yuborildi. Ayni kunlarda asar qahramonlari uchun eskizlar ishlab chiqilib, qo‘g‘irchoqlarning tashqi ko‘rinishi, xarakteri va sahnadagi ifoda imkoniyatlari ustida puxta ijodiy izlanishlar olib borilmoqda.
Mazkur spektakl kichkintoy tomoshabinlar uchun do‘stlik, zukkolik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi, rang-barang sahna yechimlari va qiziqarli obrazlari bilan boyitilgan sahna asari bo‘lishi kutilmoqda.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil