sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Premyera
14
март
2026

Premyera

14-mart kuni Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida turkiyalik dramaturg Nurxan Uslu asari asosida sahnalashtirilgan “Kedi ila Fare” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Spektakl Turkiya Respublikasi Anqara shahridan tashrif buyurgan teatr rejissori Nurxan Uslu tomonidan sahnalashtirildi. Rang-barang qo‘g‘irchoqlar, sahna bezaklari va qiziqarli sahna yechimlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Asar do‘stlik, ahillik va mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlarni badiiy tarzda talqin qildi, aktyorlarning mahorati va sahnadagi jonli muhit tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. Premyera teatr jamoasining ijodiy izlanishlari natijasi bo‘lib, repertuarni yana bir mazmunli sahna asari bilan boyitdi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil