27
февраль
2026
Joriy yil 27-fevral kuni “Kedi ili Fare” (Mushuk va sichqon) spektaklining taqdimoti bo'lib o'tdi.
27-fevral kuni Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri sahnasida yana bir yorqin ijodiy voqea yuz berdi. Teatrning 1-chorak repertuaridan o‘rin olgan “Kedi ili Fare” (Mushuk va sichqon) spektakli keng jamoatchilik va mutaxassislar e’tiboriga havola etildi.
Mazkur asar Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan tajribali rejissor Nurxan Uslu tomonidan sahnalashtirildi. Spektaklda mushuk va sichqon obrazlari orqali do‘stlik, topqirlik va ahillik g‘oyalari jonli va qiziqarli talqinda ifoda etilgan. Rang-barang sahna bezaklari, harakatchan qo‘g‘irchoqlar va jo‘shqin musiqalar tomoshabinga unutilmas kayfiyat bag‘ishladi.
Spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan biriktirilgan ekspert guruhiga taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan asarning badiiy saviyasi va tarbiyaviy ahamiyati yuqori baholanib, spektakl bir ovozdan qabul qilindi hamda rasmiy ravishda premyeraga ruxsat etildi.




