10
март
2026
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yilning 2-choragi uchun rejalashtirilgan "Tuyaqush bosh ko'tardi" yangi spektakl sahnalashtirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida joriy yilning 2-choragi uchun rejalashtirilgan yangi spektakl — Samandar Konishev qalamiga mansub “Tuyaqush bosh ko‘tardi” asari ustida ijodiy jarayonlar qizg‘in davom etmoqda. Mazkur asar teatrning tajribali rejissori Xurshid Xakimov tomonidan sahnalashtirilmoqda.
Hozirgi kunda spektaklni sahnaga tayyorlash jarayonida aktyorlar bilan sahna mashg‘ulotlari olib borilmoqda, obrazlar ustida ishlash, sahna harakatlari va sahna bezaklarini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Spektakl orqali tomoshabinlarga qiziqarli voqealar, tarbiyaviy mazmun hamda bolalar uchun ibrat bo‘ladigan g‘oyalar yetkazish maqsad qilingan.
Teatr jamoasi ushbu spektaklni yuqori saviyada sahnalashtirish uchun katta mas’uliyat bilan ijodiy izlanishlar olib bormoqda. Yaqin kunlarda ushbu sahna asari teatr muxlislari hamda yosh tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.


