sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Chekka va chegaraoldi hududlarda spektakl namoyish etildi.
20
февраль
2026

Chekka va chegaraoldi hududlarda spektakl namoyish etildi.

20-fevral kuni Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining bir guruh ijodkorlari teatr repertuaridan o‘rin olgan “Qichqir Xo'roz” nomli teatrlashtirilgan shou-spektakl bilan chekka va chegaraoldi hududlarda istiqomat qilayotgan harbiy qism xodimlarining farzandlari huzurida mehmon bo‘lishdi.
Ko‘chma spektakl shaklida tashkil etilgan ushbu namoyish bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Vatanparvarlik, jasorat va sadoqat g‘oyalari bilan sug‘orilgan sahna asari kichik tomoshabinlar qalbida yurtga muhabbat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Spektakl davomida qahramonlarning mardligi, do‘stlik va fidoyilik haqidagi ibratli voqealar bolalar tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan qarshi olindi. Teatr jamoasi esa o‘z navbatida yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalariga ma’naviy ko‘mak va ko‘tarinki kayfiyat ulashishni o‘zining sharafli burchi deb biladi.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil