sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » 4-mart kuni Teatr sahnasida “Shumtaka g‘ozcha” spektakli namoyish etildi
04
март
2026

4-mart kuni Teatr sahnasida “Shumtaka g‘ozcha” spektakli namoyish etildi

4-mart kuni Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri sahnasida Qarshi shahridan tashrif buyurgan tomoshabinlar uchun unutilmas ijodiy kecha tashkil etildi. Unda dramaturg N. Garnet asari asosida sahnalashtirilgan “Shumtaka g‘ozcha” spektakli namoyish etildi. Asar iste’dodli rejissor Muhriddin To'yliyev tomonidan sahnaga olib chiqilgan bo‘lib, bolajonlarga manzur bo‘ldi.
Spektakl voqealari kichik, beg‘ubor g‘ozcha taqdiri orqali do‘stlik, mehr-oqibat, jasorat va sadoqat kabi insoniy fazilatlarni tarannum etadi. Shumtaka obrazining sarguzashtlari bolalarni yaxshilikka ishonishga, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka undaydi. Rang-barang sahna bezaklari, qiziqarli qo‘g‘irchoq obrazlari va musiqiy bezak tomoshaga alohida joziba bag‘ishladi.
Tomoshabinlar spektakl davomida qahramonlar bilan birga quvonib, hayajonga tushib, voqealardan chuqur taassurot oldilar. Ushbu ijodiy namoyish bolajonlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni ezgulikka chorlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil