21
февраль
2026
21-fevral kuni soat 11:00 da teatr sahnasida spektakl namoyish etildi.
21-fevral kuni soat 11:00 da Qashqadaryo viloyati qo'g'irchoq teatri jamoasi tomonidan Qarshi shahri umumiy o‘rta ta’lim maktabidan tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun “Tulporning jasorati” nomli teatrlashtirilgan spektakl namoyish etildi.
Mazkur spektakl yosh tomoshabinlarda jasorat, vatanparvarlik, do‘stlik va sadoqat kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, sahna ko‘rinishlari, rang-barang qo‘g‘irchoqlar hamda jonli ijro orqali bolalarga unutilmas taassurot ulashdi.
Spektakl davomida aktyorlarning mahoratli ijrosi, sahna bezagi va qo‘g‘irchoqlarning harakat uyg‘unligi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Tadbir so‘nggida o‘quvchilar teatr jamoasiga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlodning estetik didini shakllantirish, ularni san’atga oshno etish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


