sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Teatr haftaligi. 1-kun
21
август
2026

Teatr haftaligi. 1-kun

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan tashkil etilgan teatr haftaligi ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyatda boshlandi. Haftalikning ilk kuni tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
21-mart kuni soat 11:00 hamda 14:00 da taniqli dramaturg Ibrohim Sodiqov asari asosida rejissor Fatxulla Hodjayev tomonidan sahnalashtirilgan “Turna pati” spektakli namoyish etildi. Sahna asari o‘zining chuqur mazmuni, badiiy yechimi va aktyorlarning mahoratli ijrosi orqali tomoshabinlarni o‘ziga rom etib, ularni go‘yo sehrli bir olamga yetakladi. Asarda insoniylik, mehr-muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalar ta’sirchan tarzda yoritildi.
E’tiborlisi, spektakl Qarshi shahridan tashrif buyurgan tomoshabinlarga bepul namoyish etildi. Bu esa teatr jamoasining san’atni keng targ‘ib etish va tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashish yo‘lidagi muhim qadami bo‘ldi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil