14
март
2026
13–14-mart kunlari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-F-son farmoyishiga asosan 13–14-mart kunlari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Mazkur hashar doirasida teatr jamoasi a’zolari katta ko‘tarinki ruhda faol ishtirok etdilar. Hashar jarayonida teatr binosi, uning atrofi va xizmat xonalari tozalanib, hududlar tartibga keltirildi, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Binoning tashqi qismi va fasadlari gardu-g‘uborlardan tozalanib, atrof-muhit yanada ozoda va fayzli holga keltirildi.
Ushbu umumxalq hashari jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlab, teatr hududining yanada ko‘rkam va sarishta bo‘lishiga xizmat qildi.


