sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Teatr haftaligi. 2-kun
22
март
2026

Teatr haftaligi. 2-kun

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan 27-mart — Xalqaro teatr kuni munosabati bilan tashkil etilgan teatr haftaligining ikkinchi kunida “Mushukcha Miyu” spektakli hamda teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.
Tadbir 2026-yil 22-mart kuni soat 11:00 da, birinchi seansda bo‘lib o‘tdi. Spektakl o‘zining qiziqarli syujeti, yorqin obrazlari va jonli ijrosi bilan bolajonlarda katta taassurot qoldirdi. Sahna bezaklari va aktyorlarning mahorati tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
Shuningdek, teatrlashtirilgan konsert dasturida kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari namoyish etilib, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Mazkur tadbirda jami 200 nafar tomoshabin ishtirok etdi.

Похожие публикации:

21 август 2026 Teatr haftaligi. 1-kun
14 март 2026 Premyera
09 февраль 2019 NAVOIY IJODIGA EHTIROM
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil