sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » #Teatr_festivali
09
апрель
2026

#Teatr_festivali

? "Amir Temur siymosi sahnada" respublika teatrlari festivali bo'lib o'tadiJoriy yilning 11-13-aprel kunlari Samarqand shahrida "Amir Temur siymosi sahnada" respublika teatrlari festivali bo'lib o'tadi.
“Amir Temur siymosi sahnada” respublika teatrlari festivali joriy yilning 11-aprel kuni soat 10:00 dan 12:00ga qadar Samarqand shahrining Bibixonim madrasasidan Registon maydoniga qadar “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” siymosida tantanali yurishi bilan start olib, Samarqand viloyati musiqali drama teatrida, Samarqand viloyati rus drama teatrida, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida davom etadi.
Samarqand shahrida 3 kun davom etadigan ushbu teatrlari festivalida yurtimizdagi bir qator teatrlarining spektakllari namoyish etiladi, xususan:
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining “Oqsaroy” spektakli, Qo‘qon shahar musiqali drama teatrining “Armonsiz o‘tgan umr” spektakli, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining “Sohibqiron” spektakli, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining “Adolat fasli” spektakli, Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining “Temurbekning bolaligi” spektakli, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining “Sohibqiron” spektakli, Namangan viloyati musiqali drama teatrining “Amir Temur yoxud adolat qilichi” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil