10
апрель
2026
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab “Temurbekning bolaligi” nomli sahna asari namoyish etildi.
Bugun teatrimiz sahnasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab “Temurbekning bolaligi” nomli sahna asari namoyish etildi.
Tomoshabinlar qalbini hayajonga solgan ushbu spektakl orqali Sohibqironning bolalik yillari, uning jasorati, orzulari va kelajakdagi buyuk siymoga aylanish yo‘lidagi ilk qadamlar badiiy talqin etildi. Sahnadagi har bir obraz, har bir sahna ko‘rinishi tomoshabinlarni tarix qa’riga yetaklab, ularda faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Spektakl davomida yosh Temurbekning qat’iyati, mardligi va Vatanga muhabbati ta’sirchan lavhalar orqali yoritilib, tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi. Bu sahna asari nafaqat tarixiy xotirani yodga soldi, balki yosh avlod qalbida ajdodlarimizga bo‘lgan hurmat va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.


