01
сентябрь
2026
"Ochiq eshiklar kuni". 1-kun
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarining ilk kunida tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashildi.
Tadbir doirasida Karomat Dilmonov qalamiga mansub, rejissor G‘ayrat Xamrayev tomonidan sahnalashtirilgan “Temurbekning bolaligi” spektakli hamda rang-barang teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.
Ijodkorlar tomonidan tayyorlangan mazkur dastur bolajonlarga tarixiy siymolarimizning ibratli hayoti, vatanparvarlik va ezgu fazilatlar haqida chuqur taassurot berib, ularning qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
Kun davomida 4 ta seansda o‘tkazilgan tomoshalarni jami 805 nafar tomoshabin katta qiziqish va mamnuniyat bilan tomosha qildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat, shodiyona ruh va san’atga oshno qalblar bilan o‘tdi.




