sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » "Ochiq eshiklar kuni". 5-kun
05
сентябрь
2026

"Ochiq eshiklar kuni". 5-kun

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarining beshinchi kunida tomoshabinlarga mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ijodiy dasturlar taqdim etildi.
Tadbir davomida Karomat Dilmonov qalamiga mansub, rejissor G‘ayrat Hamroyev tomonidan sahnalashtirilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur” spektakli namoyish etildi. Spektaklda Boburning bolalik yillari, uning jasorati, vatanparvarligi va ezgu fazilatlari qo‘g‘irchoq san’ati vositasida yorqin aks ettirildi.
Shuningdek, teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi ham tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashib, mustaqillik shukuhi va milliy qadriyatlarimizni tarannum etdi. Rang-barang sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilarida unutilmas taassurot qoldirdi.

Похожие публикации:

02 сентябрь 2026 "Ochiq eshiklar kuni". 2-kun
03 сентябрь 2026 "Ochiq eshiklar kuni". 3-kun
04 сентябрь 2026 "Ochiq eshiklar kuni". 4-kun
01 сентябрь 2026 "Ochiq eshiklar kuni". 1-kun
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil