04
сентябрь
2026
"Ochiq eshiklar kuni". 4-kun
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarining uchinchi kunida tomoshabinlarga yana bir unutilmas ijodiy dastur taqdim etildi.
Tadbir doirasida To‘ra Qobil asari asosida, rejissor Akmal Xudoyorov tomonidan sahnalashtirilgan “Alp o‘g‘lon” spektakli namoyish etildi. Asarda mardlik, jasorat, vatanparvarlik va ezgulik kabi yuksak insoniy fazilatlar badiiy obrazlar orqali yoritilib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi ham namoyish etilib, kuy-qo‘shiqlar, rang-barang sahna chiqishlari hamda ijodiy lavhalar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Ochiq eshiklar kunining 4 kuni davomida o‘tkazilgan 4 ta seansda jami 804 nafar tomoshabin qamrab olinib, bolajonlar va san’at ixlosmandlariga mazmunli madaniy hordiq taqdim etildi.

