sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » “Sirli koinot” oromgohidagi bolajonlar uchun “Olmaxonning yong‘og‘i” spektaklni namoyish etildi.
11
июнь
2026

“Sirli koinot” oromgohidagi bolajonlar uchun “Olmaxonning yong‘og‘i” spektaklni namoyish etildi.

11-iyun kuni Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan “Sirli koinot” oromgohidagi bolajonlar uchun “Olmaxonning yong‘og‘i” nomli teatrlashtirilgan shou tomoshasi namoyish etildi. Tadbir davomida kichik tomoshabinlar ertak qahramonlari bilan birgalikda qiziqarli sarguzashtlar olamiga sayohat qildilar. Rang-barang sahna ko‘rinishlari, quvnoq kuy-qo‘shiqlar, jonli muloqot va qahramonlarning chiqishlari bolalarda katta taassurot qoldirdi.
Tomosha yosh avlodning ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitish, ularni do‘stlik, mehr-oqibat, tabiatga ehtirom kabi ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Tadbir davomida bolajonlar faol ishtirok etib, qahramonlar bilan birgalikda turli o‘yinlar va qiziqarli sahna lavhalarida qatnashdilar.
“Olmaxonning yong‘og‘i” teatrlashtirilgan shou dasturi oromgoh ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularning yozgi dam olish kunlarini yanada mazmunli va unutilmas lahzalarga boy etdi.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil