
Ma’lumki, har yili Vatanimiz mustaqilligi oldidan umumxalq hayriya hasharlari o‘tkazilib kelinmoqda. Unda yurtimizning har bir fuqarosi o‘zi istiqomat qilayotgan hududlarni - mahallalarni, ta’lim maskanlarni, xiyobonlarni hamda diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirishda beminnat hissalarini qo‘shib kelmoqda. Bunday uyushtirilgan hasharlarda Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri faollari ham munosib ishtirok etmoqda.