sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Chegara oldi hududi xizmat qilayotgan harbiylar farzandlari uchun spektakl anmoyish etildi.
12
май
2026

Chegara oldi hududi xizmat qilayotgan harbiylar farzandlari uchun spektakl anmoyish etildi.

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi chegaraoldi hududida xizmat qilayotgan harbiylar farzandlari uchun unutilmas bayram tuhfasini taqdim etdi. “Quyon endi qo‘rqmaydi” nomli ertak tomoshasi jajji tomoshabinlarni ezgulikka, jasorat va do‘stlikka chorlagan bo‘lsa, kuy-qo‘shiqlarga boy konsert dasturi bolajonlar qalbiga quvonch va iliq taassurot ulashdi.
Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir davomida bolalar ertak qahramonlari bilan birga sehrli olamga sayohat qilib, quvnoq lahzalarni boshdan kechirdilar. San’atkorlarning mahorat bilan ijro etgan sahna chiqishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir Vatan sarhadlarini mardonavor qo‘riqlayotgan harbiylar oilalariga e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil